UZINFOCOM kompaniyasi O‘zbekistonda ilk marta K-root DNS serverini ishga tushirdi
19.09.2023 | 438
Demak, bu internet faoliyatini rivojlantirish yo‘lida yangi bosqichga odim tashlaganimizni anglatadi.
Joriy yilning mart oyida RIPE NCC vakillari bilan mamlakatda root server o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar haqida (https://cctld.uz/news/?detail=1513&lang=uz) to‘xtalib o‘tgandik. Ammo bu murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p vaqt, kuch, qa’tiyat va muvaffaqiyatga ishonishni talab qildi.
Ildiz serverining tantanali ishga tushirilishi bugun O‘zbekistondagi CAPIF2 yirik xalqaro tadbirida bo‘lib o‘tdi.







